69 yoshli futbolchi qaychi uslubida super gol urdi (video)

U hali ham o‘z formasida ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Klaus Fisher 69 yoshida qaychi uslubida gol urdi. Ushbu golni BSN telekanali o‘zining Twitter’dagi sahifasiga joylashtirdi.
Ma’lumot uchun, Fisher ayni damda televideniyada ekspert sifatida faoliyat olib bormoqda. Ta’kidlash kerakki, u 1982 yilgi mundialda Frantsiya terma jamoasi darvozasiga ham xuddi shunday qaychi uslubida gol urgan. Germaniya terma jamoasi o‘shanda jahon chempionati finaligacha etib borgan edi.

11.07.2019, 11:56 109 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish