De Yong "Barselona"dan nega norozi?

"Ayaks" futbolchisi Frenki de Yongning aytishicha , "Barselona" unga futbolkasiga familiyasining o‘rniga ismini yozishni taklif qilgan.
"Futbolkada "Frenki" ismini yozish bo‘yicha kelisha olmayapmiz. "Barselona" va "Nike" bu marketing bo‘yicha foydali, omadli deb hisoblayapti. Ammo men bunga ishonmayapman. Menga futbolkamga "De Yong" deb yozish qulayroq", — dedi 22 yoshli futbolchi.
"Bundan tashqari, men 21 raqamni olishni istayman. Ammo bilaman, bu raqam band (Karles Alenya), shuning uchun hozircha qaysi raqamda o‘ynashim ham noma’lum.
Iyulda "Barselona" bilan rasman shartnoma imzolayman. Ko‘ramiz", — deya qo‘shimcha qildi De Yong.
Manba: isport.ua

17.05.2019, 14:00 150 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish