Fakt! "MYu" so‘nggi 7ta o‘yinda 5tasini boy berdi

«Manchester Yunayted» EChL chorak finali doirasida «Barselona»ga qarshi javob o‘yinida yirik hisobda (0:3) engildi va musobaqani tark etdi.
Shu tariqa, Ole-Gunnar Sulsher jamoasi oxirgi 7ta o‘yindagi 5-mag‘lubiyatini tan oldi. «Qizil iblislar» Chempionlar ligasi nimchorak finalida «PSJ» bilan kuzatilgan kambekdan so‘ng (0:2, 3:1), «Arsenal»ga yutqazishdi, «Vulverhempton» va «Barselona»dan ikki marotaba mag‘lub bo‘lishdi. Orada «Uotford» va «Vest Hem» «Old Trafford»da 2:1 hisobida mag‘lub etildi.
Ushbu 7ta o‘yindan oldin jamoa dekabr oyida Joze Mourinoning iste’fosidan keyingi 17ta o‘yinda faqat bir marta yutqazgandi.
Endilikda «Yunayted» APL doirasida «Everton», «Manchester Siti», «Chelsi», «Haddersfild» va «Kardiff»ga qarshi o‘yinlar bilan mavsumni yakunlaydi. Hozir mankunianliklar turnir jadvalida 64 ochko bilan 6-o‘rinda borishyapti. 4-5-o‘rinlardagi «Arsenal» va «Chelsi» 66 ochkodan jamg‘argan.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.asia 

17.04.2019, 09:36 87 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish