Jch-2018 ga boramizmi yoxud bu safar ham dog'da qoldik.

Mana, o'sha barchani bir axvolga solib qo'ygan Janubiy Koreya-O'zbekiston uchrashuvi ham bo'lib o'tganiga bir necha kun bo'ldi. "O'zbekiston terma jamoasining barcha davrlardagi eng kuchli tarkibi" Koreyadan quruq qo'l bilan qaytdi. Uchrashuv natijasi, o'yindan keyingi holat, xullas barchasini unutib, do'ppini bir chetga qo'yib, barchasini bir boshidan boshlaymiz.

Biz uchrashuvdan qanday natija kutayotgan edik?
Fikrimizcha, O'zbek ishqibozlarining katta qismi Koreyadan nafaqat 1 ochko balki 3 ochko bilan qaytishimizga ishonardi. Bunga xatto Koreyaliklar ham ishona boshlashgandi. Termamizning koreyslar bilan o'z hisob-kitobi borligini inobatga olgan holda, uchrashuvdan faqat ijobiy natija kutilayotgan edi. Bevosita uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, kutilganidek uchrashuv xar ikki tomonning extiyotkor o'yini bilan boshlandi. Asta-sekinlik bilan Koreya o'yin tizginini o'z qo'liga oldi. Biznikilar esa ximoyani mustaxkam ushlab, raqibni o'z jarima maydonida bosim bilan ushlashga intilishdi. Ana shu intilishlarning natijasi o'laroq, Bikmaev tomonidan chiroyli gol kiritildi. Ikkinchi taym esa to'la raqiblarimizning ustunligi ostida o'tdi. Xullas, Koreya 2 ta gol kiritib, g'alabani o'z tomonlariga og'dirib olishdi. Ta'kidlab o'tish kerakki, raqiblarimizning xar ikki golida ham ko'pchilik darvozabonni aybladi. To`g'ri, gollarda (ayniqsa 1-golda) uning aybi yaqqol ko'rinib qolgan edi. Lekin u bechora nima qilsin bundan uyog'iga kuchi yetmasa. Nima ham derdik "Borimiz shu"(juda mashxur iqtibos). Qolaversa, bizning jamoalarda (nafaqat terma jamoalarimizda balki klublarimizda ham) bir kasallik bor ya'ni raqibga 1 ta gol urib olib xisobni ushlab qolishga xarakat qilish. Xa, bu o'yin ham bundan mustasno bo'lmadi. Gol urdik va o'zimizni qiyin axvolga solib, xisobni ushlashga intildik va natijada durangdan ham quruq qoldik. Aytingchi, iloji boricha ko'proq gollar kiritib keyin xisobni ushlashga xarakat qilish yaxshiroq emasmi?

Xatto, murabbiyning  sexrli tayoqchasi ham ushbu o'yinda naf keltirmadi. Naf keltirmasdi ham. Tezkor koreyslarga qarshi faqat tezkor o'ynaydigan futbolchilar bo'lganda balki biz umuman boshqacha o'yin ko'rgan bo'larmidik. Nafaqat Geynrix, balki zaxiradan maydonga chiqqan Soxibov, Rashidovlar ham o'yinda yo'qolib qolishdi. Umuman olganda, bosh murabbiy zaxira imkoniyatlaridan ham tog'ri va oqilona foydalana bilmadi. Uchrashuv 1:1 bo'lib turgan paytda, maydonga tushishi kutilgan Rashidov(yoki Masharipov) o'rniga xisobni ushlab qolish maqsadida Soxibov tushirildi. Kutilgan futbolchi esa o'yin tugashiga 3 daqiqa qolganda, Koreya o'yinni cho'zayotgan paytda maydonga tushdi. 

Mana shunday qilib, jaxon chempionati saralsh bosqiching birinchi davrasi yakuniga yetdi. Taqvimga qaraydigan bo'lsak, termamiz o'z guruxida 6 ta jamoa ichida 9 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. Bir qarashda xali hech narsa yo'qotilmagandek. (uchrashuv sharxlovchisining jumlasi), ammo vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, buyog'iga na Eron va na Koreya bizni o'zlaridan oldinga o'tkazib yuborishadi. Bizdan yuqorida turgan Janubiy Koreya 10 ochko va Eron 11 ochko bilan gurux favoritlari bo'lib turishibdi. Juda ham qulay kelgan taqvimning 1-davrasida bor-yog'i 9 ochko jamg'argan termamizni oldinda daxshatli 5 ta uchrashuv kutmoqda. Demak, yana muhim uchrashuvlar bor. Endi mana shu xayot-mamot o'yinlariga bo'lib o'tgan o'yinlardan tog'ri xulosa chiqarib tayyorlanish kerak xolos.

Azmiddin Abduvoxidov tayyorladi

20.11.2016, 05:44 2458 1