Serj Oria "Tottenxem" klubiga o`tishga yaqin

«PSJ» klubi himoyachisi Serj Oria "Tottenxem” klubiga o‘tishga yaqin. 29 avgustda ingliz hukumati 24 yoshli futbolchini ishlashga ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak edi. Oriaga ingliz chegarasini kesib o‘tish taqiqlangan sababi 2016 yil Parijda politsiya xodimi bilan sodir bo‘lgan muammo sabab.

Sky Sports xabar bermoqda, Ivuarlik futbolchi Angliyada ishlash uchun ruxsatnoma olgan. Endi u tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim. transfer qiymati esa 23 mln funt (24.8 mln yevro)ni tashkil qilishi kutilmoqda.

Agarda Oria Angliyada ishlash uchun ruxsatnoma olmagan bo‘lsa , parijliklar himoyachini “Barselona” yoki ”Yuventus“ga sotib yuborishi mumkin. Shu o‘rinda futbolchiga “Chelsi” hamda ”Man Siti” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Manba: Championat.com

30.08.2017, 17:05:48 578 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish