Ovchilar sarguzashtlari. Ekzotik chempionatda o’ynayotgan to’rt yulduz

Avval faoliyati yakunlanib borayotgan yulduzlar uchun MLS chempionatiga borib pul ishlash modada edi, hozir esa Xitoy. Biroq bir qator futbolchilar borki, boshqa mamlakatni tanlashgan va professional futbol bilan turizmni birlashtirgan.

Ism-sharifi: Didye Zokora

Klub: “Semen Padang” (Indoneziya)

Yoshi: 36

Ivuarlik futbolchi Fransiya, Angliya va Ispaniya maydonlarida nimalarga qodirligini namoyish qilgan. O’zining terma jamoasi uchun esa haqiqiy timsolga aylangan. U haligacha terma jamoada o’yin o’tkazish bo’yicha (121) rekordchi hisoblanadi. “Fillar” bilan birga ikki marotaba Afrika kubogining finaligacha borib yetgan, 2006 yilda jahon chempionatida ko’rsatgan o’yinidan so’ng “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal”dan taklif tushadi. O’z kuchiga ishonmagan Zokora o’rtaroq jamoa — “Tottenxem” tarkibiga o’tadi. U yerda 3 mavsum harakat qilib, Angliya liga kubogini qo’lga kiritadi.

2009 yilda “Real”dan taklif tushadi, biroq Zokora yana ehtiyotkorona ish tutib, “Sevilya” jamoasiga o’tadi. 2010 yili jamoa bilan Ispaniya kubogida g’alaba qozonadi. Ispaniyaga kelganidan so’ng Zokora ancha o’z o’yinini yo’qotib qo’yadi, shundan so’ng u “Trabzonspor” klubiga sotiladi va u yerda irqchilikka duch keladi. Shundan so’ng Hindistonga yo’l oladi va u yerdan Indoneziyaga o’tadi.

Ism-sharifi: Diego Forlan

Klub: “Mumbai Siti” (Hindiston)

Yoshi: 37

“Jahon chempionati-2010” to’purarining vaqti yetib kelmagan, shekilli, hali faoliyatini tugatish maqsadi yo’q. Hozirda u “Mumbai Siti” jamoasida to’p surmoqda va 12 ta o’yinda 7 ta gol urib, 3 assistentlik qilgan.

Hindistonga kelishdan oldin “Manchester Yunayted”, “Atletiko” va “Inter”ning sobiq o’yinchisi o’z vatani Urugvayning “Penyarol” jamoasiga ham qaytdi, u yerdan so’ng Yaponiyada ham bo’ldi. Biroq Yaponiya Forlanga xush kelmadi, har bir intervyusida u yaponiyaliklar futbolni tushunishmasliklarini ta’kidlab o’tardi. Uni tirik timsol sifatida ko’rgan holda hamisha zaxirada saqlab kelishgan. Uning jamoasi “Sereso Osaka” oliy ligadan tushib ketganidan so’ng jamoadoshlari hatto afsus chekishmagan. Bundan g’azablangan Forlan o’z vatani “Penyarol” jamoasiga o’tadi va ular bilan Urugvay chempionligini qo’lga kiritadi.

(Давоми бор)

15.07.2017, 10:30:33 797 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish