Daniel Sebalyos qanday o`yinchi?

Daniel Sebalyos 1996-yil 7-avgustda Sevilliya shahrida dunyoga kelgan. U Ispaniyaning 21-yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida kumush medallarni qo‘lga kiritgan va turning “eng yaxshi o‘yinchisi” deb topilgan.

20 yoshli markaziy yarimhimoyachi Daniel Sebalyos Iyun oyida Polsha davlatida bo‘lib o‘tgan 21-yoshgacha bo‘lgan Yevropa chempionatidan so‘ng "Real Madrid” qiziqishlar doirasiga tushib qolgandi va muzokaralardan so‘ng Daniel Sebalyos bugungi kunga kelib "Real Madrid” futbolchisiga aylandi.

Yuqori texnikaga ega bo‘lgan Sebalyosning o‘ziga xos ustunliklari shundaki, u o‘yinni ko‘ra bilish va o‘z driblinglari bilan barchani xushnud etadi. Shu sababdan ham Sebalyos o‘tgan mavsumda driblinglar bo‘yicha La Ligada to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Sebalyos "Betis” klubida 2014-yil 26-aprel kuni 17 yoshida debyut o‘yinida ishtirok etgan. Shu kunga qadar u primeraning 67ta o‘yinda "Betis” sharafini himoya qilib kelgan. Sebalyos o‘tgan mavsumda 31 ta uchrashuvda qatnashib raqiblar darvozasiga 2 ta gol kiritishga erishgan shuningdek 2 marta jamoadoshlari gol kiritishiga yordamlashgan.

Futbolchilik faoliyati:

  • Betis akademiyasi (2012-2014)
  • "Betis B" (2014)
  • "Betis" (2014-2017) 

Sovrinlari:

  • Ispaniyaning 19 yoshgacha bo`lgan terma jamoasi bilan 2015-yilda Yevropa chempioni.
  • 21 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchi.

Ibragimov Ilhomjon tayyorladi.

"Betis", "Real Madrid", Daniel Sebalyos

14.07.2017, 18:45:58 573 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish