Rossiyalik muxlis Konfederatsiyalar kubogi vaqtida Ronalduga uylangan ekan!

Qozondagi odamlarni ilhomlantirdi

Qozon shahridagi odamlar Portugaliya terma jamoasi to’xtagan mehmonxona ro’parasidagi binoga Ronalduning rasmi tushirilgan katta plakat yopishtirgan. “Men bu portretni ko’rdim, u juda ham chiroyli va menga juda ham yoqdi”, – deya aytib o’tdi Andre Silva.

Qozonliklar rahmatnomasi

Quruq ikki gap, biroq shunisiga ham rahmat

Pasportga dastxat qo’ydi

Nikita Smirnov Perm shahridan Qozonga amaliyot o’tash uchun kelgan. “To’ғrisini aytsam, Ronaldu dastxat beradi deb o’ylamagandim. Chunki Portugaliya o’z futbolchilariga muxlislarga dastxat berish va muloqot qilishini taqiqlagani haqida o’qigandim. Shunday bo’lsa-da, men futbolchilarni ko’rmoqchi edim va ular bilan birga rasmga tushmoqchi edim. Baxtimga Ronaldu muxlislarga yaqinlashishga qaror qildi. Mening yonimda pasportimdan boshqa hech narsa yo’q edi, shuning uchun ham pasportimning toza joyini ochib uzatdim, Ronaldu dastxat qo’yib berdi”, – deya aytib o’tadi Nikita Smirnov.

Rasmining pastiga  “Ronalduga uylandim” yozib qoldirdi Nikita. Chunki Ronaldu “oilaviy sharoiti” degan betiga qo’l qo’ygan.

Konfederatsiya kubogi reglamentini buzdi

Muxlislarni qiziqtirish uchun yaxshi mavzu. Reglamentga asosan o’yindagi eng yaxshi o’yinchi jurnalistlar bilan bo’ladigan matbuot anjumaniga qatnashishi shart. Ronaldu tashrif buyurmadi. Turnir tashkilotchisi aytishiga ko’ra: “Ronaldu jarohat olgan ekan, shuning uchun ham tashrif buyura olmaydi, biroq, albatta, keladi va uchrashadi”.

10 yoshli nogiron qizchani xursand qildi

Bu holat Rossiya-Portugaliya o’yini boshlanishidan oldin sodir bo’ldi. Ronaldu o’yinga nogiron Polina Xaeridinova bilan chiqib keldi. Qizcha Ronalduga Portugaliya bayroғiga tikilgan biserni sovғa qildi. Krishtianu o’z navbatida uni quchoqlab, yuzidan o’pti va mashғulotga kiyadigan kurtkasini sovғa qildi. Polinaning xursandchiligi cheksiz edi. Uni ta’riflab ham bo’lmaydi.   

13.07.2017, 08:26:27 1061 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish