“Modrich mojarosi” yakuni: Modrichni 5 yilga qamashadimi? Ha!

Luka Modrich yolg’on guvohlik berganlikka ayblanishi mumkin. Aniqroq aytadigan bo’lsak, xorvatiyalik yarim himoyachi Zagrebning “Dinamo”sining sobiq prezidenti Zdravko Mamichga qarshi sudda yolg’on guvohlik bergan.

Mamich – kim u?

Mamich Xorvatiyada juda ham taniqli inson. Yoshligida u “Bad Blue Boys” guruhi ashaddiy muxlislarining bir qismi bo’lgan. Shundan so’ng “Dinamo” klubiga qabul qilingan. Bunga taniqli murabbiy Miroslav Blajevich turtki bo’lgan. 

2003-yildan boshlab Mamich “Dinamo” Zagrebning asosiy insonlaridan biriga aylanadi. 14 yil davomida 15 ta murabbiy almashtirgan. Bir necha marotaba qamoq jazosiga tortilgan. Har xil vaziyatlar bilan: Xorvatiya sport vazirini haqorat qilgani uchun, jurnalistlarga tashlangani uchun, “Hayduk” jamoasi sobiq o’yinchisi bilan tribunada mushtlashgani uchun va har xil noqonuniy ishlar amalga oshirganligi uchun. Xorvatiya xalqi sobiq Yugoslaviya bilan bo’lgan qo’rqinchli jangda Mamich o’z davlatidan 14 million ishlaganini hali ham hazm qila olishmayapti.

Mamichda hozirda nima ayb?

Noqonuniy yo’llar bilan 15 million (ba’zi axborotlarga qaraganda 20 mln) ishlagani uchun va 1,5 million soliq to’lamaganligi uchun. Bunday tarixga ega odam uchun odatiy holdek to’g’rimi?

Modrichning nima aloqasi bor?

Bir necha kun oldin Modrich sudda Mamichga qarshi guvohlik bergan. U Mamichga “Dinamo”dan “Tottenxem”ga o’tganligi haqida eslatib o’tgan. “Adashmasam “Dinamo” mening transferim uchun “Tottenxem”dan 21 yoki 23 million ishlagan. Mamichning taklifiga binoan foydaning yarmi menga berilishi kerak edi. Men bunga rozi bo’ldim va bankdan olgan kunimoq pulni ayblovchining akasi va o’gliga berganman”, – deya aytib o’tgan Modrich.

Modrichning gapiga qanday reaksiya bo’ldi?

Xorvatiya futbolida Mamichning atrofida juda ham qiyin va chigil vaziyat yuzaga kelgan. Unga hatto “Dinamo”ning o’z muxlislari ham qarshi chiqishga tayyorlar. Chunki, ayblovlarga qaraganda, Mamich barcha Xorvatiya futbolini o’z qo’l ostiga olgan. Bunga isbot qilib “Dinamo” oxirgi 11 yil ichida ketma-ket Xorvatiya chempioni bo’lib kelishini misol keltirishimiz mumkin.

Modrichning gapiga yaxshigina jahllari chiqdi. Xorvatiyada Modrichni “Mamich bankomati” deya atashadi, ba’zilar esa “Mamichning qo’g’irchog’i” deyishadi. Bu gaplarning hammasi vaziyatni yanada chigillashtirmoqda.

Modrichni qamoqqa olishadimi?

Ha, chunki isbotlarga qaraganda, Modrich yolg’on guvohlik bergan. Modrich aytgan shartnoma bo’lmagan. Bularning hammasi futbolchining Angliyaga o’tganidan so’ng bo’lgan. Sud Modrichga 6 oydan 5 yilga qamoq jazosini berishi mumkin.

12.07.2017, 21:44:30 543 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish