Benzemaning “bema’ni”ligi: u ta’tilda nima qilganini bilasizmi?

Buni qarangki, haqiqiy futbolchilar ta’tilda ham jismoniy faolliklarini aslo yo‘qotishmas ekan. Quyida ta’tildan samarali foydalangan futbolchilar haqida to‘xtalib o‘tamiz. Benzemaning bema’niligi haqida ham fikr bildiramiz.

Garet va golf

Uelslik futboli Garet Beyl yozgi ta’til vaqtida formasini saqlab turish uchun antiqa usuldan foydalandi. U golf bilan shug‘ullandi. Ko‘ramiz, bu usul yangi mavsumda qanday yordam berarkin?

Ibra va tiklanish

Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich “Manchester Yunayted” bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgach, ishtahasi ochilib ketdi. U tiklanish mashqlarini bajarish uchun o‘tloq maydonni tanladi.

Obameyang — eng samaralisi oyoq mashqlaridir

Gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang odatidan farqli ravishda oyoq mashqlariga zo‘r bermoqda. Ilgari u ko‘proq tezlikka ahamiyat qaratardi.

Rodriges — toza havo qo‘ynida

“Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan Xames Rodriges esa ko‘p vaqtini velosipedda sayr qilib o‘tkazmoqda. Ehtimol, Myunxen klubining mehrini qozonishning shu yo‘lini tanlagandir.

Benzema — “Mana mening pressim”

Karim Benzema esa mashqlarini emas, mashqlaridan keyingi natijani ko‘z-ko‘z qilish bilan band. Ayniqsa, uning internetga joylagan rasmidan bilish mumkinki, Benzema asosiy vaqtini maqtanish bilan o‘tkazyapti, shekilli. Biroq rasmdan Benzemaning ham bekor o‘tirmayotganini bilish qiyin emas.

Bonuchchi — tinim-bilmas mashina

Leonardo Bonuchchi unga bejizga ko‘plab takliflar bo‘lmayotganini isbotlash harakatida. U ayni damda trenajyor zallarida mashqlarga zo‘r bergan.

“Oltin to‘p” yo‘lida

“Oltin to‘p”ni orzu qilayotgan Serxio Ramos keyingi mavsumda yanada samaraliroq harakat qiladi, shekilli, chunki u mashg‘ulot zallarida tinim bilgani yo‘q.

12.07.2017, 17:06:41 881 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish