Yevropada o’zini ko’rsata olgan Braziliya yulduzlari (3-qism)
Mishel Bastos
Yoshi: 33
Qaysi klubda o’zini ko’rsatgan: “Lill”, “Lion”
Braziliyaga qaytishi: 2014
Hozirgi jamoasi: “Palmeyras”
Hozirgi mavsumdagi statistikasi: 5 ta o’yin
“Palmeyras”ning yana bir o’yinchisi, Yevropada, aniqrog’i “Lill” jamoasi safida qanot hujumchisi pozitsiyasida super mavsum o’tkazib, “gol+pas” bo’yicha 26 ball to’playdi va 2000-yillarda “Lion” safiga o’tadi. Eng omadli mavsum yangi klubda birinchi mavsum bo’ldi. Bastos u yerda 3,5 yil ushlandi. Shartnoma tugashiga yarim yil qolganida “Shalke” jamoasiga o’tganligi xato bo’lib chiqdi. Germaniyadan so’ng, BAA chempionatida to’p surdi va u yerdan o’z vataniga qaytdi. Uch mavsum “San-Paulo”da Bastos o’z tezligini yo’qota boshladi, biroq chempionlar tarkibiga tushadi. Hozirda “Palmeyras”da ham hujum chizig’i yaxshi o’ynashi boismi, o’zini ko’rsata olmayapti.
Maykon
Yoshi: 35
Qaysi klubda o’zini ko’rsatgan: “Inter”
Braziliyaga qaytishi: 2017
Hozirgi jamoasi: “Avai”
Hozirgi mavsumdagi statistikasi: 1 ta o’yin
Maykon Joze Mourinyoning “Inter”ida o’zining nimalarga qodirligini to’laligicha ko’rsatgan. O’shanda milanliklar Italiyada oltin dubl va Chempionlar ligasida g’alaba qozonishgan. Maykon esa jahondagi eng yaxshi o’ng qanot himoyachilari qatoridan joy olgandi. Joze himoyachini “Real” safida ko’rmoqchi edi, biroq hatto “qirollik klubi” ham na “Inter” va Maykonning talabini qondira olmadi. Ammo “Manchester Siti” shayxlari ularning injiqliklarini ko’tara olishdi, Maykon esa Angliyaga kelib, Sabaletaga raqobatni boy berdi va bir mavsumdan so’ng “Roma” safiga o’tdi. Shartnomasi oxiriga yetishiga oz qolganida, o’yin darajasi pasayib ketdi va asosiy tarkibga ham chiqmay qoldi. May oyida “Avayi” jamoasiga kelib qo’shildi, biroq Braziliya chempionati jadvalining quyi qismidan o’rin olgan jamoa safida ham 1 ta o’yin o’tkazdi, xolos.
Breno
Yoshi: 27
Qaysi klubda o’zini ko’rsatgan: “Bavariya”
Braziliyaga qaytishi: 2015
Hozirgi jamoasi: “Vasko da Gama”
Hozirgi mavsumdagi statistikasi: 9 ta o’yin
Yoshligida Brenoga umidlar juda katta bo’lgan. “San-Paulo” tarbiyalanuvchisi “Bavariya” tarkibiga 19 yoshiga kelib qo’shilgan. 4 mavsum davomida nemislar klubida 20 tadan ortiqroq o’yin o’tkazgan, xolos. Hatto “Nyurenberg” jamoasidagi ijara ham yordam bermadi. Hamma gap esa ichkilikda edi. 2011-yilda o’lgudek ichganidan so’ng o’z uyini yondiradi va o’zi ham yonib ketishiga sal qoladi. Sud Brenoga uyni sug’urta qilish bo’yicha qilgan noqonuniy ishlari uchun 3 yilu 9 oylik jazo tayinlaydi. Breno 1 yildan kamroq muddat qamoqda o’tiradi va 2015-yilda o’z klubi “San-Paulo”ga o’tadi. U yerda o’z o’yinini ko’rsata olmaganidan so’ng, “Vasko de Gama” jamoasiga ijara asosiga o’tadi. Mana hozir endi aqlini yig’gan holda yaxshi o’yin namoyish qilmoqda.
11.07.2017, 07:02:26 497 0