Qirol Arturning to’pi. Qay tarzda Arturo Vidal butun Chili uchun o’rnak bo’ldi?

Arturo Vidal yarim himoyada omadli o’ynashning timosli bo’lib qolgan. Qayerda o’ynamasin, yarim himoya ishonchli qo’llar yoki oyoqlarda.

O’zi o’ziga yo’l topib, futbolga mustaqil ravishda qadam qo’yib, yulduzga aylangan yosh bolakay tarixiga hamma o’rganib qoldi. Biroq Vidalning tarixi bundan ancha farq qiladi: u o’ta kambag’al oilada dunyoga keladi, bo’lajak yulduzning otasi uni 5 yoshligidayoq tashlab ketgan. Arturoning hayoti “Gol” filmidagi Santyago Munyesa dramasiga o’xshab ketadi. O’zining 30 yoshida u akasi va eng yaqin do’stidan ayriladi. Hayot sinovlari uni kuchli qildi.

 “Men yoshligimda aziyat chekkanman. Men hamisha o’ksinardim: otam bizni tashlab ketgandi, uning o’rni juda ham bilinardi. Yeyishga ovqat yo’q edi, muammolar esa har tomondan kelardi”.

Professional futbolda o’ynash orzusi unga “Bayer” kuzatuvchilari Vidal o’yinini ko’rganidan so’ng paydo bo’ldi. Vidalning transferi Chili uchun rekord darajasiga yetdi. Nemislar “Kolo-Kolo” klubiga 11 mln to’lashdi. Bundesliga Vidal uchun ikkinchi vatan bo’lib qoldi. 6 yillik faoliyatini u, oilasi tinchligini ta’minlagan davlatga bag’ishladi. “Bayer” Vidalni haqiqiy katta futbolga tayyorladi. Leverkuzenda Vidal qayerlarda to’p surmadi deysiz. Odatiy markaziy yarim himoyada, chap va o’ng qanot himoyasida va hatto hujumda ham harakat qilib ko’rgan. Arturo hozirgi futboldagi har taraflama yagona futbolchidir. Uning texnikasi a’lo darajada, kuchli zarbasi bor, aniq paslar bera oladi va hujum tezligini saqlay olish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, himoyada ham ideal tarzda harakat qiladi, jismoniy yetishmovchiliklar esa “Kolo-kolo” jamoasi davrida qolib ketgan.

 “Vidal faqatgina himoyaviy vazifalar bilan cheklanmaydi, balki, yana yaxshi hujum ham tashkil qilib beradi. Bu darajadagi futbolchini uchratish qiyin”

Yupp Haynkes

07.07.2017, 08:26:03 682 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish