Portugaliya Ronaldudan voz kechishi kerakmi?

O’z tarixida ilk bor Konfederatsiyalar kubogiga yo’l olgan Portugaliya yakunda mazkur turnirda bronza medalni qo’lga kiritdi. Bu yutuq portugallar uchun alohida voqealarga boy bo’ldi.

RONALDUSIZ ERISHILGAN YUTUQ

Portugallar bu safar Krishtianusiz g’alabani tantana qilishdi. Ronalduning yo’qligi ularning zimmasidagi vazifani ikki hissa oshirdi. Aynan shu sabab biz Meksikaga qarshi o’yinda boshqacha Portugaliyani ko’rdik. Meksika qanchalik harakat qilmasin, alamzada portugallarni yenga olmadi.

KRISHTIANUNING ENDI KERAGI YO’Q

Bugungi o’yinda shu narsa ayon bo’ldiki, Fernandu Santush Portugaliyani Ronaldusiz o’ynashga o’rgata olibdi. Terma jamoada Ronaldu o’ynashi mumkin bo’lgan chiziqda unga o’rinbosarlar shakllanyapti. Hujumda Andre Silva uning o’rnini egallashi mumkin, Silva ham Ronaldu kabi qiziqqon, mehnatkash, golga intiluvchan. Yarim himoyada esa Bernardu Silva o’z driblinglari bilan allaqachon Ronalduga izdosh ekanligini isbotlab qo’ydi. Bundan tashqari, boshqa yosh va iqtidorli futbolchilar ham yo’q emas.

SANSHESH GAPIDA TURDI

O’yindan oldin fikr bildirar ekan, Fernandu Santush Portugaliyaning Ronaldusiz ham g’alaba qozona olishini ta’kidlab o’tgandi. Mana, yo u o’ziga shunchalik ishonganidan jamoasining g’alabasini ko’ngli sezganmi, yoki farishtalar omin deganmi, harqalay Portugaliya bronza medallarni qo’lga kiritdi. Aslida ham shunday bo’lishi kerak, Ronaldu abadiy emas, demak, baribir, qachondir Portugaliya Ronaldusiz o’ynaydi. Bunga esa hozirdan tayyorgarlik ko’rish lozim.

Xususan, Rossiyada bo’lib o’tadigan jahon chempionatida ham Portugaliyaning o’yini Ronalduga to’laligicha bog’lanib qolmasligi lozim. Ana shunda sovrinli natijalar qo’lga kiritilaveradi.

02.07.2017, 19:50:11 879 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish