Futbolda shim yirtish modaga aylanyaptimi?

Klaudio Ranyeri Pitsasi

Albatta, bu bir yil oldin “Lester” chempionlikni nishonlash maqsadidagi yo’lni bosib o’tayotgan paytda modada edi. Ranyerining mazali pitsasi umri qisqa ekan. Yangi mavsumda chempion jamoasining ko’zidagi olovi kundan-kunga so’nib bordi. Ranyeri nimaki qilmasin: tarkibda o’zgartirishlar kiritdi, futbolchilarni yangi pozitsiyaga joyladi, o’yinchilarga dam berdi, biroq hammasi befoyda. Qiziq bir holat ro’y berdi: yanvar oyida Ranyeri 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi, fevral oyida esa 9 ta o’yindagi 7 ta mag’lubiyatdan so’ng haydaldi.

 Barcha “Lester”ning 2-divizionga yo’l olishini kutayotgan edi. Italiyalik mutaxassisning o’rnini yordamchisi Kreyg Shekspir egalladi. Shekspir o’tgan mavsumdagi chempionlik sxemasiga qaytishga qaror qildi, jamoadagi muhitni ham oldingidek ahl qilishga muvaffaq bo’ldi. Yuqori o’rinlar haqida gap bo’lishi mumkin emasdi, biroq “Lester” xavfli zonadan chiqqanligining o’zi katta gap bo’ldi.

 Antonio Kontening shimi

O’sha Azarning “Arsenal”ga urgan golini nishonlayotgan paytda Konte shimini yirtib oldi. Bir tomondan buning nimasi ramziy deyishingiz mumkin. Javob shunday! Birinchidan, aynan “Chelsi” “Arsenal”dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag’lubiyatidan so’ng 3 ta himoyachi sxemasiga o’tdi. Ikkinchidan, o’z ehtiroslari bilan Konte nafaqat shimini, balki butun Angliyani yirtib tashladi (yaxshi ma’noda). Mavsum startida “Chelsi”ga bo’lgan munosabat ehtiyotkorona edi. Kontening Italiyadan tashqari yo’q tajribasi, xarakterining og’irligi va eng asosiysi raqobatning kuchliligi. Birinchi o’yinlar “ko’klar”ning ishlari joyida emasligining yaqqol isboti edi.

Konte o’z xatosini vaqtida to’g’irlay oldi. “Arsenal”dan uchralgan mag’lubiyatdan so’ng jamoa o’yinini o’zgartirishga qaror qildi. Bu esa raqiblar uchun kutilmagan holat bo’ldi va “Chelsi”ga ketma-ket 13 ta g’alaba olib keldi. Ularni mag’lub qilish yo’lini “Tottenxem” o’ylab topdi. Biroq bu bitta o’yinga yetdi, xolos. Konte va uning jamoasi o’z ehtiroslari va ahilligi bilan hech qanday intriga qoldirmasdan chempionlikni qaytarib olishdi.

           

 

02.07.2017, 10:18:47 975 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish