O’tgan mavsumda Premyer liganing esda qolarli 7 ta fakti

         Premyer ligani o’tgan mavsum bilan solishtirsak, katta o’zgarishlar ro’y berdi. Ro’y bergan hamma voqealarni eslashga vaqt yetmaydi, biroq ba’zi voqealar haqiqatda esda qolarli bo’ldi.

1. Sem Ellardays voqeasi...

Mavsum Big Semning terma jamoadagi 67 kunlik yakunlangan iste’fosi bilan boshlandi. Sem osiyolik biznesmenlarning tuzog’iga ilindi. U FIFA taqiqidan qanday yo’l topa olishni, o’yinchi sotib olish uchun 3-tomonni qanday hal qilishni va bir nechta agentlar ismini ham “The Telegraph” jurnalistlariga intervyu berganida aytib o’tgan. Bu video lavhalar darrov ijtimoiy tarmoqda tarqalib ketdi. Ellardays esa hech qanday o’zini oqlaydigan gap topa olmadi.

Xalq nafrati ko’pga bormadi: uch oy o’tar-o’tmas hech nima bo’lmagandek Sem “Kristal Pelas” jamoasini qabul qilib oladi va o’z obro’sini tiklash maqsadida yana bir jamoani 2-diviziondan saqlab qolishga harakat qiladi. Mavsum yakunlanganidan so’ng Sem murabbiylik faoliyatini yakunlangani haqida e’lon qildi. Semni bir tomondan ayblash ham noto’g’ri. Biroq, nima bo’lganda ham, APL yana bir ajoyib murabbiyidan ajraldi.

2. “Wenger In” va “Wenger Out”

“Arsenal” muxlislarining bu mavsumdagi “Wenger Out” yozuvlari mashhur bo’lib ketdi. Plakat hatto Las-Vegas shtatida Britny Spirs konsertida ham ko’rindi. Bundan tashqari, Hindiston va Saudiya Arabistonida bo’lgan uchrashuvlarda ham ko’ringan. Angliyani-ku endi aytmasak ham bo’ladi. Bu vaqtda “Arsenal” o’zining odatiy 4-o’rini uchun kurashayotgandi. Bir-ikki o’yinda jamoa yaxshi o’yin namoyish qilganIdan so’ng yozuv yana “Wenger In”ga almashardi.

Jamoa uchun yil yaxshi ham, yomon ham o’tdi deb bo’lmaydi: mavsumning starti ajoyib tarzda boshlandi, qish va bahorda bo’lgan o’yindagi spad, yevrokubokdan sharmandalarcha chiqib ketish va yaxshi yakunlangan mavsum. “Wenger Out”ga jamoa 5-o’rinni egallagani (Venger uchun eng past natija), Bavariyadan uchralgan 2-10 hisobidagi mag’lubiyat va yetakchilarning bir maromda o’yin namoyish qilmaganliklarini aytish mumkin. “Wenger In” uchun esa mavsumni omadli tarzda yakunlaganliklari, jamoa o’yinini almashtirgani, “Chelsi” ustidan qozonilgan ajoyib g’alaba va klub uchun rekord darajasidagi 13-Angliya Kubogi. “Arsenal” Vengerga yangi 2 yillik shartnoma taklif qilib, maoshini 7,5 milliondan 8 millionga ko’tardi. “Dunyoda yaxshi murabbiylar ko’p va ularning ko’pi “Arsenal” bosh murabbiyi bo’lishni orzu qilishadi. Biroq har tomonlama o’ylab qarasak, Vengerdan boshqa ideal variant yo’q”, – deya ta’kidlab o’tdi klub direktori Ivan Gazidis. 

01.07.2017, 10:01:00 920 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish