"Chelsi" - "Lester". Terri uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi "Chelsi" jamoasining sardori Jon Terrining Angliya kubogi 3-bosqichi doirasida "Piterboro"ga qarshi (4:1) kechgan uchrashuvdagi chetlatilishi haqidagi apellyatsiyasini rad etdi.

Londonliklar rasmiy shikoyat xati bilan chiqishdi, ammo "ko'klar"ning apellyatsiyasi rad etildi, deb xabar qilmoqda futbol assotsiatsiyasi matbuot-xizmati. Shu tariqa Terri Angliya chempionati keyingi turining "Lester"ga qarshi uchrashuvida ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Terri "Piterboro"ga qarshi uchrashuvning 67-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Kevin Frend tomonidan to'g'rtidan-to'g'ri qizil kartochka bilan jazolangan edi.

Manba: www.sports.ru

chelsi, Terri

11.01.2017, 21:15:40 167 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish