Xames ham Xitoy taklifini rad etdi

Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges, qishki transferlar mavsumida Xitoy jamoasidan kelib tushgan taklifni rad etdi, deb xabar bermoqda AS nashri.

Manbaga ko'ra, Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" jamoasi madridliklar futbolchisi uchun yiliga 30 million yevrolik maosh taklif qilgan. Bu Xamesning madridda topadigan hozirgi maoshidan deyarli o'n baravar ko'p degani.

Bundan tashqari, xiyotliklar "Qirollik klubi" uchun kolumbiyalik futbolchini qo'yib yuborish maqsadida 110 million yevro taklif etishgan, biroq futbolchining shaxsan o'zi bu taklifni rad etgan.

Manba: www.championat.com

xames, xitoy

11.01.2017, 20:49:41 142 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish