Yil futbolchisi ma'lum

FIFA 2016-yilning eng yaxshi futbolchisini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, 2016-yilning eng yaxshi futbolchi - "Real Madrid" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu e'tirof etildi.

Portugaliyalik futbolchi 2016-yilda madridliklar bilan Chempionlar ligasini qo'lga kiritgan bo'lsa, Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni unvonini qo'lga kiritdi.

Shuningdek, Krishtianu 2016-yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchi va Fransiyaning France Football nashri tomonidan "Oltin to'p" sovrinini qabul qilib olgan edi.

Manba: www.penalti.uz

09.01.2017, 23:55:20 465 1

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak

  • #1 BOBUR7CR7

    2017-01-10 14:56:38

    qoyilmaqom

×Yopish