Mulohaza. Babayanda taktika bormi?

Bugungi kunda “Kim kuchli? Ronaldu yoki Messi?” degan savol hozirda butun dunyoni larzaga solayotgani hech kimga sir emas. Ammo mulohaza na Ronaldu va na Messi haqida.

Vatanimizda bu savol sal boshqacharoq beriladi – "Kim kuchli? Qosimovmi yoki Abramov?".

Bir paytlar maktabda o`qiganimda o`quvchilar futbolni zo`r "taktika”da o`ynardik: 10 tamiz himoyada, 10 tamiz hujumda. Bu nima ekanligini ko`pchilik biladi. Hamma yaxshi o`ynash uchun o`zini himoyaga ham, hujumga ham urardi. Oqibatda xoldan toyib, 20 daqiqada charchab qolardi. Xo`sh bu taktikami?

Joze Mourinyoning qiziq odati bor. Qaysi jamoaga borsa ham 4-2-3-1 sxemasida jamoasini o`ynatadi. Oxir oqibatda "avtobus"ni yaratdi. Natijada 4-2-3-1 mukammalashdi va butun dunyoda eng yaxshi himoyaviy stilga aylanib bo`ldi. Qaysi himoyalanayotgan jamoaga qaramang "avtobus"ning guvohi bo`lamiz.

Xosep Gvardiola esa mayda paslarga urg`u beradi. Ishonmasangiz "Barsa", "Bavariya", "Manchester Siti"ning o`yiniga e`tibor bering. Ular har doim pas oshirishda har doim yetakchi jamoalar hisoblanishadi. Uning jamoalari asosan ikki qanot orqali jarima maydonchasi ichiga kirib kelishadi.

Yurgen Klopp. Uning jamoalari har doim ochiq va tajovuzkor futbol namoyish qiladi. Uzun va mayda paslar doimo o`z o`rnida qo`llaniladi. Va albatta texnikali futbolchilarning hatti harakatlari jamoaning o`zagi hisoblanadi.

Yuqoridagi murabbiylar top jamoalarni boshqaradi. Ammo ular faqatgina jamoani boshqaradi. Terma jamoa esa umuman boshqacha mavzu.

Bizning termamizda esa na “avtobus”, na mayda, uzun paslarning bir maromda qo`llanilishini, tajovuzkor futbolni ko`rmadik. Misol uchun Eron bilan o`yinni eslang. Jamoamiz biror marta havfli zarba berganini ko`rdingizmi? Yoki aniq zarba berishdimi? Babayan esa bir gap bilan qutulib qo`ya qoldi – “Bugun bizga Odil Ahmedov yetishmadi”.

Xo`sh Jahon Chempionatini maqsad qilgan jamoa bir futbolchiga bog`liqligi yaxshimi? Naxotki 32 millionlik aholimizdan bittagina Odil Ahmedov chiqmasa? Aslida bu murabbiyning xatosi. Uning to`g`ri tanlaydigan taktikasi har doim g`alaba kaliti bo`lishi kerak. U shunday rejalar tuzsinki, barchasi amalga oshsin.

Ammo 10x10 taktikasi baribir maktabdagi bebosh bolalarning o`yinqaroq futboli. Bu bilan xech qachon o`z maqsadimizga yetolmaymiz. “Eng yaxshi himoya – bu hujum”, deganlaridek biz ham eng yaxshi himoya haqida o`ylaylik. Igor Sergeevdan boshqa variantlarni ham sinovdan o`tkazib olish, yanada yangi iqtidorlarni kashf etish lozim. Oliy liga biz o`ylagandek past musobaqa emas. Unga oddiy ko`z bilan qarash esa xalqaro musobaqalarda omadsizliklar girdobiga tushirib qo`yishi hech gap emas. Hattoki birinchi ligada ham yosh iqtidorlarni tarbiyalasa bo`ladi. Yoshlar esa barcha qiyinchiliklarga dosh bera olishi lozim. Ularning ham orzusi tera jamoada o`ynash. Axir generallikni orzu qilmagan askarni askar deb bo`lmaydi-ku.

O`zbekiston MTJ, samvel babayan

03.01.2017, 17:08:25 1287 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish