MYu Pogbani sotmaydi

U endi mavsumni "Old Trafford"da o‘tkazadi.
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmaydi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” joriy transferlar oynasi rasman yopilgunicha bo‘lgan davrda frantsiyalik futbolchi masalasida bo‘ladigan har qanday taklifni ko‘rib chiqishmaydi.
Mankuanliklar ustozi Ole-Gunnar Sulsher yangi mavsumda 26 yoshli Pogbani MYuning asosiy futbolchisi sifatida qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” dastlab Pogbani 160 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor edi. Ammo, hech bir klub uning uchun buncha mablag‘ to‘lashni xohlamadi.

14.08.2019, 10:51 20 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish