Futzal bo‘yicha Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari taqvimi tasdiqlandi

Futzal bo‘yicha navbatdagi Osiyo Chempionati bahslari 2020 yilda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.
Qit’a chempionati saralash o‘yinlari esa joriy yilning oktyabr oyida o‘tkaziladi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Markaziy va Janubiy mintaqaning “A” guruhidan o‘rin oldi. Terma jamoamizga guruhda Tojikiston, Nepal va Afg‘oniston terma jamoalari raqiblik qiladi. 
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari
Markaziy va Janubiy mintaqa
“A” guruhi
O‘zbekiston
Tojikiston
Nepal
Afg‘oniston
B” guruhi
Eron
Qirg‘iziston
Turkmaniston
Bizning mintaqa saralash bahslariga Eronning Urmiya shahri mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Barcha uchrashuvlar Urmiyadagi “Gadir Hall” sport majmuasida tashkil etiladi. 
Saralash o‘yinlari taqvimi: 
23 oktyabr, chorshanba
Turkmaniston – Eron
Tojikiston – Nepal
O‘zbekiston – Afg‘oniston
24 oktyabr, payshanba
Qirg‘iziston – Turkmaniston
Afg‘oniston – Tojikiston
Nepal – O‘zbekiston
25 oktyabr, juma
Eron – Qirg‘iziston
Nepal – Afg‘oniston
O‘zbekiston – Tojikiston

14.08.2019, 10:51 11 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish