Shuhrat Rahmonqulov "Surxon"da ish boshladi

Shuhrat Rahmonqulov endi faoliyatini Termizning "Surxon" klubida davom ettirmoqda.
Xabaringiz bor, Termizning «Surxon» jamoasida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Klub tizimida ham ayrim o‘zagrishlarga qo‘l urilayotganini aytish o‘rinli bo‘lardi.
Jumladan, siz-u, bizga yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassis Shuhrat Rahmonqulov ham «Surxon» klubida ish boshladi. Ma’lum bo‘lishicha, u klub bosh direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib boryapti.
Bungacha uning oxirgi jamoasi «Qo‘qon-1912» bo‘lgandi. O‘tgan yili ushbu klubda sobiq bosh murabbiy No‘’mon Hasanovga yaqindan yordam bergandi. Endi esa qo‘qonlik mutaxassis bor e’tiborini «Surxon» jamoasiga qaratmoqda. Tez orada mazkur masala bo‘yicha Rahmonqulov bilan uyushtiriladigan suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

14.08.2019, 10:32 7 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish