Eldor Shomurodovning transfer qiymati ikki barobar oshdi

O‘zbekiston milliy jamoasi va Rossiyaning «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer qiymati so‘nggi ikki yil ichida ikki barobar oshdi.
 
Futbolchilarning shartnomasi va statistikasiga ixtisoslashgan Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining transfer qiymati bugungi kunda 1,5 million evroga teng. 
Eldor 2017 yil yozida «Bunyodkor»dan «Rostov»ga o‘tganida transfer qiymati 750 ming evroga teng edi.
Qayd qilish joizki, Shomurodov transfer qiymatining oshishiga Rossiya Premer-Ligasi 2019/20 mavsumidagi muvaffaqiyatli o‘yini sabab bo‘lgan. Hamyurtimiz dastlabki 5ta turda 4ta gol urdi va 1ta golga hammualliflik qildi. Bundan tashqari, 2019 yilda O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida 8ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 marta ishg‘ol qildi.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.uz

14.08.2019, 05:07 59 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish