Rasman: "Valyadolid" "Real" darvozabonini ijaraga oldi

"Real" Andrey Luninni ijaraga berib yubordi.
"Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin "Valyadolid" klubiga ijara asosida o‘tdi.
21 yoshli darvozabon "Valyadolid" safida 2019/20 yilgi mavsumni to‘liq o‘tkazadi.
Ukrainalik posbon 2018 yilning yozida "Real" safiga kelib qo‘shilgan. O‘tgan mavsumni, "Leganes" safida ijarada o‘tkazdi va La Liganing 5 ta uchrashuvida maydonga tushdi.
Luninning madridliklar bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnomasi bor.
So‘nggi mavsumda, "Valyadolid" La Ligada 16 o‘rinni egallagan va yuqori ligada jon saqlab qoldi.

14.08.2019, 02:11 4 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish