Starrij 13 ta klubdan taklif oldi

U qay bir jamoani tanlaydi.
"Liverpul" klubi va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Daniel Starrij 13ta turli jamoalardan takliflar oldi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ayni damda erkin agent hisoblangan 29 yoshli futbolchiga Evropa, AQSh va O‘rta Sharq klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. "Betis", "Bolonya", "Marsel", "Beshiktosh" va "Atlanta Yunayted" klublari shular jumlasidandir.
Ma’lumot uchun, Starrij o‘tgan mavsum “Liverpul” safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

13.08.2019, 21:41 14 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish