Eldor Shomurodovning futbolchilik faoliyati haqida

Eldor Shomurodov haqida qisqacha...
"Rostov" klubining o‘zbekistonlik forvardi Eldor Shomurodov 1995 yilning 29-iyun kuni Surxondaryo viloyatida dunyoga kelgan.
Uning otasi Azamat ham futbolchi bo‘lgan va O‘zbekistonning quyi ligalarida faoliyat olib borgan.
Akasi Sanjar 1991 yili tavallud topgan va u ham futbolchi bo‘lgan. Shomurodovlar oilasida mashhurroq bo‘lgan Eldorning amakisi Ilxom Shomurodovni ko‘plabg muxlislar yaxshi bilishadi. Bundan tashqari Eldorning ikkinchi amakisi ham futbol o‘ynagan.
12 yoshida futbol sir-asrorlarini "Mashal" akademiyasida o‘rgana boshladi. 2014 yili 19 yoshida Eldor "Mashal" klubining asosiy jamoasida maydonga tusha boshladi. Ilk mavsumda 10 ta bahsda ishtirok etdi va Muborak jamoasi Oliy Ligani 5-o‘rinda yakunlagan.
EA6PIRWX4AELyeE
Bungacha yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan forvard O‘zbekiston yoshlar termasida ham o‘zini ko‘rsatgan.
2015 yilning boshida Toshkentning "Bunyodkor" klubi "Mashal"ning ikki tarbiyalanuvchisi Eldor Shomurodov va Otabek Shukurovni xarid qilgan.
Yangi klubida 2017 yilning yoziga qadar faoliyat olib borgan Eldor 96 ta bellashuvda maydonga tushgan va 20 ta gol urishga erishgan. Bundan tashqari, "Bunyodkor" bilan birga O‘zbekiston Kubogi finaliga qadar bora olgan va O‘zbekiston chempionatida ham kumush medalga sazovor bo‘lgan.
eldor-shomurodov-footballer
2015 yil yakunida Osiyoda "yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" nomzodlari orasiga kiritilgan. Yakunda esa, ushbu unvon Shomurodovning boshqa bir jamoadoshi Doston Xamdamovga nasib qilgan.
2017 yilda Rossiyaning "Rostov" klubi bilan 2,5 yillik bitimga imzo chekgan. Rossiyadagi boshlang‘ich mavsumida asosan zaxirada qolib ketayotgani uchun ko‘pchilik uni ortga qaytib kelishini tahmin qilgan.
"Rostov" klubini tark etmay, jamoa bilan ishlashda davom etdi. 2018/19 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, klub Evrokuboklar uchun yo‘llanmaga ega bo‘la olmadi. Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan "Rostov" jamoasi RPLning 5-turidan so‘ng, 11 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda. Qahramonimiz Eldor Shomurodov to‘purarlar ro‘yhatida 4 ta gol bilan etakchilik qilmoqda.
bc7578ca2c39a5b67b213131327bd163__1440x
2016 yilgacha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida 9 bor maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasidan 2015 yilda chaqiruv olgan. Shu yili, 2018 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Yaman termasiga qarshi bellashuvda debyut bahsini o‘tkazdi.
Keyinchalik terma jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib ulgurdi.
Terma jamoa bilan o‘tkazgan eng yirik turniri 2019 yilgi Osiyo Kubogi bo‘ldi. Terma jamoa ustozi Ektor Kuper musobaqa startida Eldorga ikkinchi xujumchi sifatida qarayotgani bilinib turgan edi.
Turnirdagi ilk uchrashuv Ummonga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda zaxiradan maydonga tushib g‘alaba to‘pini urgan Eldor keyingi turlarda asosiy tarkibga kirib oldi.
2019-afc-asian-cup-sharjah-united-arab-emirates-shutterstock-editorial-10052409ai
Guruh bosqichining 3 ta bellashuvida 4 ta gol urishga erishdi. O‘zbekistonliklar 1/8 finalda Avstraliya(0:0) bilan bo‘lgan bahsda penaltilar seriyasida yutqazib qo‘yishdi.
bRlHbP15480891102888_b
Forvard musobaqa davomida anchagina mashhurlikga erishib, hatto Omar Mo‘mani ham unga atab karikatura chizgan.
file_5c459ecc6e3a10.854437711548066508
Ushbu yirik turnirda muvaffaqiyatli qatnashgan Eldor o‘ziga bo‘lgan ishonchi va golga bo‘lgan chanqog‘i yuqori darajaga chiqib ulgurdi.
Evropaning top ligalarida to‘p surishni orzu qiluvchi forvardimizga, allaqachon "Galatasaroy", TsSKA va bir qator yaxshi jamoalardan qiziqish bo‘layotganligi haqida xabarlar tarqab ketdi.
Erishgan yutuqlari:
2015 yil O‘zbekiston kubogi finalchisi.
2016 yil O‘zbekiston chempionati kumush medal sohibi.

13.08.2019, 21:11 15 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish