Diego Simeonening o‘g‘li ispan klubiga ko‘chib o‘tdi

Uning yangi jamoasi quyi divizionda o‘ynaydi.
“Atletiko” Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeonening o‘g‘li Jovanni Simeone yana Evropaga qaytdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli argentinalik futbolchi Segunda B da ishtirok etuvchi "Ibitsa" klubiga ko‘chib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, u bungacha "Ximnasiya va Esgrime" klubida to‘p surib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Jovanni faoliyati davomida "Jenoa", "Frozinone" va "River Pleyt" kabi jamoalarda ham o‘ynagan.

13.08.2019, 20:26 17 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish