Ronaldu o‘zining Messi bilan farqi nimadaligini aytdi

U ko‘proq jamoalarda o‘ynagan va EChLda g‘olib chiqqan.
"Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu o‘zini "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan taqqosladi.
“Men Messidan farqli ravishda turli jamoalarda o‘ynadim va ular safida Chempionlar ligasida g‘olib chiqdim. Bundan tashqari 6 marta ketma-ket musobaqa to‘purari bo‘ldim. Hamma futbolchi ham 5 marta EChLda g‘olib chiqmagan. Shu bois men o‘zimni boshqalardan farqli deb bilaman. Messini ham ajoyib futbolchi sifatida esga olamiz”, - deydi 34 yoshli portugaliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu  “Yuventus”ga o‘tishdan avval “Real” va “Manchester Yunayted”da to‘p surgan.

13.08.2019, 19:51 32 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish