Diego Kosta 1 oyga safdan chiqdi

U mavsum startini o‘tkazib yuboradi.
"Atletiko" Madrid hujumchisi Diego Kosta Xalqaro chempionlar kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan "Yuventus"ga (2:1) qarshi o‘yinda son mushaklaridan jarohat oldi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 30 yoshli ispaniyalik futbolchi taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi.
Ta’kidlash kerakki, Kosta o‘tgan yil olgan sariq kartochkalari sabab diskvalifikatsiya tufayli La Liganing ilk turini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” chempionatning 1-turini 19 avgust kuni o‘z maydonida “Xetafe”ga qarshi o‘tkazadi.

13.08.2019, 19:32 16 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish