"Valensiya" to‘purari "Atletiko"ga o‘tadi

U yangi mavsumni yangi jamoada boshlaydi.
“Valensiya” klubi hujumchisi Rodrigo Moreno faoliyatini “Atletiko”da davom ettiradi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 28 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha “ko‘rshapalaklar” bilan kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra Madrid klubi valensiyaliklarga 55 mln evro va unga qo‘shimcha yana 5 mln evro bonus to‘lashadi.
Ta’kidlash kerakki, Moreno bugun “Atletiko”da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Madridga yo‘l oldi.

13.08.2019, 18:16 12 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish