"Tottenxem" Eriksenning maoshini 2,5 barobarga oshirmoqchi

Ammo u jamoadan ketmoqchi.
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksenni jamoada olib qolmoqchi. Daily Mail nashrining xabar berishicha "shporlar" buning uchun unga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi.
Aniqrog‘i, londonliklar 27 yoshli futbolchining haftalik maoshini 80 ming evrodan 250 ming evrogacha oshirishmoqchi. Biroq, ushbu kelishuv amalga oshmasligi mumkin. Boisi Eriksen jamoadan ketishni xohlamoqda.
Unga esa "Real", MYu, "Atletiko", "Inter", "Milan" va "Yuventus" kabi grand klublardan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, "Tottenxem" Eriksenni 2013 yil 13,5 mln evroga "Ayaks"dan sotib olgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

13.08.2019, 18:11 3 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish