«Bir necha hafta» — Klopp Alissonning qachon safga qaytishi haqida gapirdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 1-turida jarohat olgan jamoaning asosiy darvozaboni Alisson Beker qachon safga qaytishi mumkinligi haqida savolga javob qaytardi.
 
Uning aytishicha, darvozabon bir necha haftaga safdan chiqqan.
«Bu borada ishlar yaxshi emas. Bu jiddiyroq jarohatga o‘xshaydi. Uning qachon qaytishini aniq ayta olmayman, lekin bu chorshanba (shu kuni «Liverpul» UEFA superkubogi o‘yinida «Chelsi» bilan o‘ynaydi) kuni sodir bo‘lmasligi aniq. Bu uchun biroz vaqt kerak, balki bir necha haftadir.
Men ba’zi qog‘ozlarni ko‘rdim va u erda olti hafta degan raqamlar bor edi. Alisson bu kabi jarohatlar olmagan, shu bois uning tiklanishini kutishimiz kerak», — deydi Klopp.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.uz  

13.08.2019, 06:45 38 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish