Superliga 16-tur ramziy terma jamoasi

“Penalti.uz” sportga ixtisoslashgan axborot portali o‘z tasnifiga ko‘ra O‘zbekiston Superligasi 16-turining ramziy terma jamoasini e’lon qiladi.
Bu galgi jamoa 3-5-2 taktik sxemasi asosida shakllantirildi.
Darvozabon roliga «Andijon» posboni Ruslan Matniyazov loyiq ko‘rildi. Golkiper Bekobodda mehmon bo‘lgan andijonliklar g‘alaba qozongan bahsda quruq tseriya o‘tkazdi. Uchrashuvdagi eng qiziqarli vaziyat u bilan ro‘y berdi. Raqibi bilan to‘qnashib ketgan Ruslan «aylanish» borasida PSJ forvardi Neymar uchun ham «Master-klass» o‘tib berdi. Bravo!
Bu turda oldingilaridan farqli ravishda himoyachilar yorqin o‘yini bilan ajralib turmadi. Ular orasidan Radoslav Aleksich («Andijon»), V.Bubanya («Surxon»),  Maxaradze («So‘g‘diyona»)larni tanlab oldik. E’tiborlisi, ularning hammasi legionerlar hisoblanadi.
Maydon markaziga «Nasaf» va «Andijon»ning o‘yinini nazorat qilib g‘alabaning yashirin kaliti bo‘lgan Aziz G‘aniev va tajribali Dilshod Raxmatullaevlar joylashtirildi. G‘aniev mazkur turda penaltidan gol ham kiritdi.
Sherzod Karimov esa Babayan jamoasini 90+5 daqiqada mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. «Paxtakor» esa sermahsullik ko‘rsatishda davom etadi. «Sherlar»ning boshqalardan bir emas, ikki bosh ustunligi tobora oydinlashmoqda. «Buxoro»ga qarshi dubl qayd etgan Bikmaev-Cheran tandemi yana e’tibor markazida.
Markaziy hujum zonasiga Sh.Erkinov va Z.Polvonov qo‘yildi. Chunki, har ikki hujumchi o‘z jamoalarining g‘alabasiz tseriyasiga nuqta qo‘yuvchi gollarni kiritib, uchrashuv taqdirini hal qilishdi.
Eng yaxshi murabbiy sifatida Shota Arveladze tanlandi. Zero, uning jamoasi hech kimni ayab o‘tirmayapti. Bu turda jabrlanuvchi rolida - «Buxoro».
Faxriddin Ro‘ziev tayyorladi
Manba:Penalti.uz

16-tur, Andijon, Cocacola Superliga

12.08.2019, 20:58 27 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish