"Arsenal" "Yuventus" futbolchisi transferini yakunlashga yaqin

«Arsenal» «Yuventus»dan himoyachi Daniele Ruganini transfer qilish ustida ish olib boryapti.
 
Corriere dello Sport`ning yozishicha, «to‘pchilar» italiyalik xavbek bilan shaxsiy bitim shartlarini kelishib bo‘lishgan.
25 yoshli futbolchi Londonda yiliga 4 mln evro maosh olishi mumkin.
Endilikda ikkala klub bu borada kelishuvga erishishi, transfer xarid yoki ijara asosida bo‘lishini va uning narxini aniqlab olishlari zarur.
Ma’lumot uchun, Rugani o‘tgan mavsum A Seriyaning 15ta turida qatnashib, 2ta gol urgan edi. U 2015 yildan buyon «Yuventus»da o‘ynayapti.
Eslatib o‘tamiz, Angliyada transfer oynasi ertaga tunda yopiladi.

07.08.2019, 16:32 31 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish