«Hozircha Neymarni ortga qaytarishning iloji yo‘q»

«Barselona» vitse-prezidenti Jordi Kardoner «PSJ» hujumchisi Neymarning "ko‘k-anorranglilar" safiga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.


«Neymar "PSJ"dagi faoliyatidan qoniqmayapti va boshqa jamoaga o‘tishni istamoqda. Ammo yuzaga kelgan vaziyatni parijliklar hal qilishi lozim. Biz u bilan aloqaga chiqmadik. Boisi, «PSJ»ni hurmat qilamiz. Agar qachondir bizga imkoniyat taqdim etilsa, biz Neymar bilan gaplashamiz. Ammo hozircha uni "Barsa"ga qaytarishning iloji yo‘q», – dedi Kardoner.

Shu kunlarda kataloniyaliklar 27 yoshli futbolchini bir yilga ijaraga olish haqida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

05.08.2019, 19:28 38 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish