Zeedorf Kamerun terma jamoasini tark etadi, uni mamlakat sport vaziri tanqid qildi

Kamerun sport vaziri Nartsis Muel Kombi terma jamoa bosh murabbiyi Klarens Zeedorfni iste’foga chiqishga chaqirdi.
 
Gollandiyalik mutaxassis o‘tgan yili Sven-Yoran Erikssonning o‘rnini egallagan edi. Uning qo‘l ostida Kamerun terma jamoasi Afrika Millatlar kubogi 1/8 final bosqichi doirasida Nigeriyaga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etgan edi.
"Hozir uning qolishi yoki qolmasligi asosiy mavzuga aylangan. Men u bilan shartnoma uzaytirilishiga ishonmayman. Men assotsiatsiyadan uni shartnomaga muvofiq ishdan olish borasida ogohlantirishlarini so‘radim.
Jamoada etakchi etishmadi va juda ham samarasiz o‘yin namoyish etdi. Zeedorf jamoani boshqarish va tartib-intizom masalasida qiyinchiliklarga uchradi. Bu ish uning uchun mos emas", - dedi Kombi.

16.07.2019, 16:21 20 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish