«Barselona» tarbiyalanuvchisi «Real»ni jahonning eng yaxshi klubi deb atadi

«Real»ning yangi hujumchisi, yaponiyalik 18 yoshli Takefusa Kubo klub televideniesiga intervyu berdi.
 
«Yaponiyada «Real»ni juda-juda yaxshi ko‘rishadi. Jahonning eng yaxshi klubida o‘ynayotganimdan rosa faxrlanaman.
Hammasidan ham ko‘ra jamoadagi futbolchilarning mahoratiga qoyil qoldim. Jamoadoshlarim va murabbiylar bilan tezda chiqishib ketdim.
Menga berilgan imkoniyatdan foydalanishim kerak. Ham futbolchi, ham shaxs sifatida ko‘p narsani o‘rganyapman», – dedi Kubo.
Eslatib o‘tamiz, Takefusa 2011-2015 yillarda «Barselona» akademiyasida tarbiyalangan. U Kataloniyadagi ilk to‘liq mavsumida 11 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi chempionatda 30ta o‘yin o‘tkazib, 74ta gol urgani bilan og‘izga tushgandi.
Ammo «Barsa» yoshlar jamoasi bilan bir qator turnirlarda g‘olib chiqqan Kuboga klub bilan professional shartnoma imzolash nasib etmagan. «Ko‘k-anorranglilar» FIFA tomonidan yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolash qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgach, u asosiy jamoada o‘ynashi mumkin bo‘lmay qolgan va 2015 yilda vataniga qaytib, poytaxtda «Tokio» klubi yoshlar jamoasida o‘ynay boshlagan.
Hujumchi shu oy boshida 18 yoshga to‘ldi va «Real» uni «Tokio»dan 2 mln evroga sotib oldi.Avvalroq Kubo Monrealda o‘tayotagn yig‘in doirasidagi mashg‘ulotlardan birida o‘z texnikasi bilan barchaning olqishiga sazovor bo‘lgani xabar qilingandi.

16.07.2019, 13:36 40 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish