Iguainga A Seriyaning boshqa grandi sardorlik bochig‘ini berishga tayyor

«Roma» hamon «Yuventus»dan hujumchi Gonsalo Iguainni sotib olishga urinmoqda.
 
Corriere dello Sport`ning xabar berishicha, 31 yoshli argentinalikni ko‘ndirish uchun Rim klubi unga sardorlik bog‘ichini berishga ham tayyor.
Biroq Iguain faoliyatini Italiyadan tashqarida davom ettirmoqchi va shu bois A Seriya klublari takliflariga rad javobini bermoqda.
Qolaversa, Iguainga sardorlikni berish «Roma» muxlislari noroziligini keltirib chiqarishi ham mumkin.
So‘nggi vaqtlarda «Roma»da sardorlik bog‘ichi faqat Rimda tug‘ilgan futbolchilarga berilishi an’anaga aylangan. Alessandro Florentsi, Daniele de Rossi, Frenchesko Totti va Juzeppe Jannini shulur jumlasidandir.
Qayd etish kerak, «Yuve» Iguainni sotib, pulni «Inter»dan Mauro Ikardini xarid qilishga yo‘naltirmoqchi ekani haqida xabarlar bor.
Avvalroq hujumchiga «Vest Hem» ham da’vogarlik qilayotgani aytilgandi.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.uz

16.07.2019, 13:31 24 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish