"Inter" hujumchisi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

U "neradzurrilar" safida juda kam o‘yin o‘tkazgan.
Milanning "Inter" klubi forvardi George Pushkash faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli ruminiyalik futbolchining xizmatlariga TsSKA jiddiy qiziqib qolgan. Moskvaliklar uni joriy yozgi transferlar paytidayoq o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Pushkash “Inter” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “neradzurrilar” tarkibida bor yo‘g‘i 7ta uchrashuvda maydonga tushdi. U asosan "Bari", "Benevento", "Novare" va "Palermo" kabi klublarda ijarada to‘p surdi. Uning transferi esa 3 mln evroga baholanmoqda.

16.07.2019, 13:11 17 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish