Hali mavsum boshlanmasidan "Inter" safida futbolchi jarohat oldi

Uning qachon safga qaytishi noma’lum.
 
Milanning “Inter” klubi vingeri Matteo Politano Antonio Konte bosh murabbiylik davridagi ilk jarohat olgan futbolchiga aylandi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli italiyalik futbolchi Konte o‘tkazayotgan mashg‘ulotlarning birida o‘ng oyoq chon mushaklaridan jarohat olgan. Hozircha uning sog‘ligi va jarohatining qay darajadaligi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” yangi mavsumga 8 iyuldan boshlab tayyorgarlik ko‘rmoqda.

12.07.2019, 12:02 19 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish