Ana xolos! Bundesliganing eng yaxshi hakam jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testdan o‘ta olmadi

U "Kamp Nou"dagi mashhur o‘yinni boshqargan.
 
Germaniyalik mashhur hakam Deniz Aytekin Bundesliga uchrashuvlarini boshqarishdan chetlatildi. Bu haqda Der Tagesspiegel nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 40 yoshli referi yangi mavsum oldidan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘tkaziladigan testlardan o‘ta olmagan. Endi u Germaniya chempionatining dastlabki turini aniq o‘tkazib yuboradi.
Endi Aytekin jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testni 8 avgust kuni qayta topshirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Aytekin o‘tgan mavsum Bundesliganing eng yaxshi hakami deb topilgan edi. U shuningdek EChL doirasida bo‘lib o‘tgan mashhur “Barselona” – PSJ 6:1 uchrashuvini ham boshqargan.

12.07.2019, 09:51 16 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish