«Qora qit’a» kubogi: Siz bilmay qolgan 100 ta eng qiziqarli fakt. 1-qism

E’tiboringizga Afrika Millatlar kubogi haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni havola qilamiz.
 
Endi «qora qit’a» chempionati haqida barchasini bilib olasiz!
1. Bu yilgi Afrika Millatlar kubogi jami 24 ta terma jamoa ishtirok etadigan ilk qit’a chempionati hisoblanadi. Bundan oldingi turnirlarda ko‘pi bilan jami 16 ta ishtirokchi jamoa ishtirok etgan, xolos.
1561111341_494292_1561111373_noticia_normal_recorte1
2. Afrika Kubogida Misr beshinchi marotaba ishtirok etdi. «Faraonlar» 1 marta 3-o‘rinni va 3 marta g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan. 1959 yilda Misr Birlashgan Arab Respublikasi bayrog‘i ostida g‘alaba qozongan. BAR 1958 yilda Suriya va Misr hamkorligi sifatida tashkil etilgan, ammo 1961 yilda Suriya uning tarkibidan chiqib ketgan.
egypt-champions.v1
3. Burundi, Madagaskar va Mavritaniya bu turnirda debyut qilishdi. Burundi va Mavrutaniya hech qanday taassurot qoldirmagan bo‘lsada, Madagaskar, hattoki Nigeriya terma jamoasi bor guruhda 1-o‘rinni olgani bilan haqiqiy «sensatsiya»ni amalga oshirdi.
2634204-54506710-2560-1440
4. Afrika Millatlar kubogi g‘olibligini faqat ikki sportchi ham murabbiy ham futbolchi sifatida qo‘lga kirita olgan. Ular misrlik Maxmud al-Goxari (1959 va 1998) va nigeriyalik Stiven Keshi (1994 va 2013).
056075e82ab731b00a902124e4dbb8b0
5. Afrika kubogi bosh sovrini egalari:
Misr - 7 marta
Kamerun - 5 marta
Gana - 4 marta
Nigeriya - 3 marta
Kot-d'Ivuar va Kongo DR - 2 marta
Zambiya, Sudan, Tunis, Aljir, Efiopiya, JAR, Marokash, Kongo Respublikasi - 1 marta.
6. «Qora» qit’a kubogida eng ko‘p ishtiroki bo‘yicha ikki futbolchi rekord o‘rnatgan. Mazkur turnirda misrlik Ahmad Xassan hamda kamerunlik Rigober Song 8 martadan ishtirok etishgan. Qiziqarlisi, ikkalasi ham 1996 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan barcha qit’a chempionatlarida ishtirok etgan.
1164614_full-lnd
7. 1974 yilda Afrika Millatlar kubogining eng yaxshi to‘purari deb «Assasin» laqabli Jazoir terma jamoasi hujumchisi Nday Mulamba tan olingan. U ushbu yilgi chempionatda 9 ta gol urgan va bu rekord xaligacha yangilanmagan. «Assasin» joriy yilda JARda 70 yoshida vafot etdi - u ishsizlikdan aziyat chekar va ichkilikka berilgan edi.
Dx-_UJHWsAAInp6
8. Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalarning 16 tasiga xorijiy mutaxassis boshchilik qilgan.
9. Frantsiyalik Klod Le Rua Afrika Kubogining finali bosqichida 6 ta milliy terma jamoalarga murabbiylik qilgan: Kamerun, Senegal, Gana, Kongo DR, Kongo Respublikasi, Togo.
claude-le-roy-head-coach-of-togo-gestures-during-the-african-cup-of-picture-id631831956
10. Afrika kubogi tarixidagi eng yaxshi bombardirlar:
0*K81UIYSI43uyXJCc
18 - Samyuel Eto'o (Kamerun)
14 - Lorar Poku (Kot-d'Ivuar)
13 - Rashidi Yekini (Nigeriya)
12 - Xassan al-Shazli (Misr)
11 - Xossam Xassan (Misr), Patrik Mboma (Kamerun), Dide Drogba (Kot-d'Ivuar)
Davomi bor ;-)
 
Manba: ProstoProSports
Sandra Alisson tarjimasi

12.07.2019, 06:32 14 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish