«Liverpul» Koutinoni qaytarmoqchi

«Liverpul» klubi «Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.
 
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, mersisaydliklar sobiq futbolchisini orqaga qaytarishi mumkin.
Koutino 2018 yil yanvar oyida «Liverpul»ni tark etib, 120 million evro evaziga «Barselona»ga o‘tgan edi. Ayni paytda uning xizmatiga «PSJ» klubi ham qiziqmoqda.
«Barselona» Koutino transferi uchun kamida 100 million evro so‘ramoqda. Futbolchi esa 12 million evrolik maoshini saqlab qolmoqchi. 
Avvalroq, «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari Koutino xizmatiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq ular klub va futbolchining moliyaviy talabini bajarishga qodir emas.
O‘tgan mavsumda futbolchi «Barselona» tarkibida barcha musobaqalarda 53ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.uz

11.07.2019, 21:22 43 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish