Zlatan Ibragimovich – MLSda 2019 yilning eng yaxshi o‘yinchisi

“Los-Anjeles Gelaksi” klubining hujumchisi Zlatan Ibragimovich MLSda 2019 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.


37 yoshli futbolchi bu borada Ueyn Runi («Di Si Yunayted»), Jozef Martines («Atlanta Yunayted») va Aaron Long («Nyu-York Red Bulls») kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Shu tariqa, “Gelaksi” klubi futbolchilari mazkur sovringa to‘qqizinchi bor ega chiqishdi. Avvalroq bu sovrinni besh marta Lendon Donovan (2006, 2007, 2009, 2010, 2011), ikki bor – Devid Bekxem (2008, 2012), shuningdek Robbi Kin (2015) qo‘lga kiritishgandi.

Bundan tashqari, David Vilya (2017), Sebastyan Jovinko (2016), Tim Keyxill (2014), Terri Anri (2013) kabi futbolchilar ham MLSda yil o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilishgan.

O‘tgan yili bu sovrinni Nemanya Nikolich («Chikago Fayr») qo‘lga kiritgandi.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.uz

11.07.2019, 19:52 13 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish