Lukaku MYu mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi, u klubni tark etishi mumkin

Futbolchi jamoani tark etishi mumkin.
Manchester Evening News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku jamoasining Avstraliyadagi mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi. Klub esa belgiyalik futbolchining trenajyor zalida shug‘ullanganligini iddao qilmoqda. Futbolchiga yaqin bo‘lgan manbalarning xabar berishicha Lukakuda kichik jarohat bor.
Ammo mahalliy nashrlar ushbu holatni Romeluning "Inter"ga ko‘chib o‘tishi bilan bog‘lashmoqda. Ilgariroq italyan va ingliz klublari bu borada muzokara o‘tkazayotganligi borasida xabarlar tarqalgan edi.

11.07.2019, 19:36 14 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish