Lukaku «Manchester Yunayted» yig‘inida qatnashmayapti

«Manchester Yunayted» hujumchisi Romelu Lukaku klubni tark etishi mumkin.
 
Manchester Evening News xabariga ko‘ra, belgiyalik to‘purar jamoaning Avstraliyadagi yig‘inida ishtirok etmayapti va «Inter» bilan muzokara o‘tkazmoqda.
Italiyaliklar 26 yoshli Lukaku uchun 70 million evro berishga tayyor, ammo faqat uch qismga bo‘lgan holda. «Manchester Yunayted» esa bunga rozi emas va to‘lovning to‘liq o‘tkazilishini istayapti.
O‘tgan mavsumda Lukaku «Manchester Yunayted» tarkibida barcha musobaqalarda 45ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.uz

11.07.2019, 19:27 18 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish