Bahodir Nasimov “Navbahor”ni nega tark etganini ma’lum qildi

Bahodir Nasimovning jamoa borasidagi fikrlari
 
"Navbahor" jamoasining tajribali hujumchisi Bahodir Nasimov kuni kecha “Navbahor” safini tark etdi. Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
- “Navbahor” mamlakatimiz va Osiyo futbolida o‘z o‘rniga ega klublardan biri hisoblanadi. Shu sababli, joriy mavsum arafasida namanganliklar tarkibiga yaxshi niyatlar bilan qo‘shilgandim. Ammo jamoa asosan bir hujumchi bilan harakat qilganligi bois, Superliga bahslarida boshlang‘ich tarkibda harakat qilgan rossiyalik futbolchi Aleksandr Kasyanning o‘rniga zaxiradan maydonga tushdim. Biroq shu yoshimda menga zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish yarashmaydi. Shu sababli, yozgi transfer “darchasi” paytida o‘zimga boshqa jamoa topishga qaror qildim. Ushbu masalada klub rahbariyati hamda murabbiylar shtabi bilan gaplashdim va ular meni to‘g‘ri tushunib, keyingi faoliyatimda omad tilashdi.
Jamoa bu yil o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishib, sovrindorlar qatoridan joy olishi hamda O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lishiga tilakdoshman. “Navbahor”ga 2-davra bahslarida omad yor bo‘lishini tilayman, - dedi futbolchi.

11.07.2019, 18:41 22 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish