"Arsenal": U biz bilan AQShga borishdan bosh tordi

«Arsenal» sardori Loran Koselni klubning AQShda o‘tadigan mavsumoldi turnesiga borishni rad etdi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.
 
«Biz Loranning aniq belgilab qo‘yilgan qoidalarimizga zid harakatlaridan juda afsusdamiz.
Masalani hal qilishga umid qilamiz. Bunga qadar bu mavzuda qo‘shimcha ma’lum berilmaydi», – deyilgan klubning rasmiy bildirishida.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli himoyachining shartnomasi muddati tugashiga 1 yil qolgan. 2010 yildan buyon «to‘pchilar» safida o‘ynayotgan Koselniga Frantsiyaning «Bordo», «Renn» va «Lion» klublari befarq emasligi aytilmoqda.
O‘tgan mavsumda Loran Evropa ligasida 10ta, APLda 17ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol muallifi bo‘lgandi.

11.07.2019, 18:18 25 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish