"Bunyodkor" xorij yig‘iniga kimlarni olib ketdi?

«Bunyodkor» Minskda
Xabar berganimizdek, «Bunyodkor» mavsumlar oralig‘idagi tanaffusni xorijda o‘tkazadi.
Bugun erta tongda Toshkentdan yo‘lga chiqqan «qaldirg‘ochlar» to‘rt yarim soat davom etgan parvozdan keyin Belorus poytaxti Minsk shahri xalqaro aeroportiga etib keldi. Mahalliy vaqt bilan 13:30larda shahardagi «Yubileynyy» mehmonxonasidan joy olgan jamoa a’zolariga tushlikdan so‘ng hordiq uchun vaqt berildi. Reja bo‘yicha bugun tushdan so‘ng «Bunyodkor» mashg‘ulotlarni boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoa Minskka quyidagi tarkib bilan etib keldi:
Futbolchilar – Murodjon Zuhurov, Ulug‘bek Abdullaev, Lutfulla To‘raev, Suhrob Izzatov, Anvar G‘ofurov, Jasurbek Jaloliddinov, Abdumavlon Abdujalilov, Muhammadodil Qahramonov, Javohir Qahramonov, Dilshodbek Ahmadaliev, Islomjon Qobilov, Abdulla Abdullaev, Mirjahon Mirahmadov, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Boburbek Farhodov, Xurshid G‘iyosov, Sanjar Rixsiboev, Valeriy Akopov, Vladislav Nuriev, Eldor Adhamov, Farrux Ikromov.
Murabbiylar shtabi – Vadim Abramov, Marat Miftaxutdinov, Aram Ananyan, Shuhrat Maqsudov, Abdusattor Rahimov, Yorqin Nazarov.
Shifokor – Qahramon Nurmuhamedov.
Fizioterapevt – Ruslan Shamsuddinov.
Massajchi – Radion Sarichev.
Bosh ma’mur – Botir Parpiev.
Ma’mur - Tohir Solixov.
Moliya ishlari bo‘yicha menejer – Shomurod Isroilov.
Tasvirchi – Akbar Dadashev.
Matbuot kotib – Furqat Nishonov.

11.07.2019, 18:11 12 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish