"Qo‘qon-1912" birinchi davra yakunlari: Kim, qancha o‘ynagan?

"Qo‘qon-1912" klubiga oid ma’lumotlar
"Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati Superliga birinchi davra yakunlariga doir statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
Birinchi davrada “Qo‘qon-1912” jamoasi sharafini 20 ta futbolchi himoya qildi. Eng ko‘p o‘ynagan futbolchilar Aleksandr Merzlyakov va Marko Milich. Bu futbolchilar barcha 13 ta uchrashuvda to‘liq maydonda harakat qilishgan. Shuningdek, Qo‘vondiq Ro‘ziev ham 13 ta bahsda maydonga tushgan biroq uning o‘ynagan daqiqalari biroz kamroq. Etakchi o‘yinchilardan biri Murod Xolmuhammedov 12 ta uchrashuvda to‘liq o‘ynagan.
photo_2019-07-11_06-22-34

11.07.2019, 17:51 13 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish